Umummilliy imtihonda kimlar qatnashsa bo‘ladi?

Imtihonda 16 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qatnashishi mumkin.

Bunda umumadolat prinsiplarini inobatga olgan holda, ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni ta’minlash maqsadida oliy yuridik ma’lumotli shaxslarning, shuningdek yuridik texnikum va yuridik mutaxassislikka ixtisoslashgan boshqa ta’lim muassasalarida tahsil oluvchilarning, davlat va nodavlat, xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning hamda adliya organlari va muassasalari xodimlarining natijalari inobatga olinmaydi va ushbu toifadagi shaxslar final bosqichda ishtirok etmaydi.


Imtihonda qatnashish uchun nima qilish kerak?

Imtihonda ishtirok etish uchun talabgorlar 8-dekabr.adliya.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 17-noyabridan
22-noyabriga qadar amalga oshiriladi.


Imtihon necha bosqichdan iborat bo‘ladi?

Imtihon davlat tilida 2 bosqichda o‘tkaziladi:

  • Birinchi bosqich  – test sinovi;
  • Ikkinchi bosqich  – savol-javob suhbat.

Birinchi bosqich test savollari qaysi manbalardan tuziladi?

Test savollari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan tuziladi.


Ikkinchi bosqich qanday shaklda bo‘ladi?

Ikkinchi bosqichda ishtirokchilar konstitutsiyaviy huquq bo‘yicha 2 ta savolga javob beradi hamda umumiy qonunchilik, shu jumladan konstitutsiyaviy huquq bo‘yicha 1 ta kazusga yechim beradi.


Birinchi bosqich qachon o‘tkaziladi?

1-bosqich – test sinovlari joriy yilning 25-noyabr soat 10:00 dan 14:00 gacha bo‘lib o‘tadi.