Imtihonda 15 yoshga to‘lgan va undan katta barcha fuqarolar qatnashishi mumkin.

Imtihon quyidagi 2 bosqichda tashkil etiladi:

1-bosqich – test sinovi. 1 dekabr kuni soat 09.00 dan 13.00 gacha onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Buning uchun har bir ishtirokchi 8-dekabr.adliya.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tish 15 noyabrdan 30 noyabrga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

Test sinovi 20 ta test savoli va 1 ta ijodiy savoldan iborat.

Test savollarining barchasiga eng qisqa muddatda to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar orasidan 50 nafari tanlab olinib, ularning ijodiy savolga berilgan javoblari ko‘rib chiqiladi.

Baholash natijasiga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 10 nafar ishtirokchi navbatdagi bosqichga o‘tadi.

2-bosqich – suhbat. Mazkur bosqich 8 dekabr – Konstitutsiya bayrami arafasida tashkil etilib, bunda har bir ishtirokchiga 10 tadan savol beriladi.

Yakunda eng yuqori natijani qayd etgan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi.

Munosib nomzodlar bo‘lmagan taqdirda hakamlar hayʼatining qarori bilan g‘oliblar aniqlanmasligi mumkin.

2-bosqich jarayonlari onlayn translatsiya qilinadi.

Batafsil quyidagi videolavha orqali ma’lumot olish mumkin: